tadbir: til bayramining senariysi
Post on 13-Jan-2017
2.585 Views
Preview:
TRANSCRIPT
tabir ssenariysi
“Til – millatning faxridir” mavzusidagi tadbir ssenariysi
1-o’quvchi:
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar, aziz o’quvchilar . Bugungi “Til -
millat faxridir” deb nomlangan tadbirimizga xush kelibsizlar.
2-o’quvchi:
Hammamizga ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda o’zbek tiliga davlat tili
maqomi berilgan kun. Bu haqda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining
4-moddasida ham “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir” deb
yozilgan.Demak bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga
xaqlimiz. Tadbirni ochib berish uchun so’z navbatini O’IBDO’ G.Saidovaga
beramiz.
1-o’quvchi:
Darvoqe, ustozimiz haq gapni aytdi.Har bir tilning chiroyi, jozibasi,
mazmuni, boyligi bo’lgani kabi, o’zbek tili ham nozik va mazmunli so’zlarga
boydir. Kelinglar o’quvchilarimiz ishtirokida go’zal she’rlardan ana shunday
namunalar tinglaymiz. 6-sinf o’quvchilari ishtirokidagi she’rlarga navbat.
Muhammadyusufning “Ona tilim” she’ri.
Garchi zug’um qilganlarni yoqtirmadim,
She’r yozdimu bo’lak ishni qotirmadim.
Tilim turib, o’z tilimda gapirmadim,
Har eslasam eziladi bag’ri dilim.
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
2-o’quvchi:
Bunday hikmatli so’zlarni aytib, o’zbek tilimizning ko’rki, kuch-quvvatini
jahonga ko’z-ko’z qilgan bobolarimizdan Ahmad Yassaviy,Alisher Navoiylarni
e’tirof etish joizdir.Zabardast shoirimiz Alisher Navoiyning tilimizning boy til
ekanligini isbotlab yozgan asari “Muhokamat-ul lug’atayn”(“Ikki til
muhokamasi”) asari buning yaqqol namunasidir.
Endigi navbatni 6-sinf o’quvchisi Aminjonova Sitora ijrosidagi raqsga
beramiz.
1-o’quvchi:
Ona tilim sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo’qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to’ti bo’lib qolaman.
Qanchalar haqqoniy misralar, shunday emasmi? Tan olib aytish kerakki,
Respublikamiz mustaqil bo’lgandan so’ng tilimiz rivojlanib, takomillashib
bormoqda. Tilimiz haqidagi iboralarga. 6-7- sinflar ijrosida:
Til bilgan, el biladi.
Til – boshga kulfat keltiradi.
Tilga ixtiyorsiz, elga e’tiborsiz.
Tilingni tiy , tishing sinmasin.
Til – dil kaliti.
2-o’quvchi:
Ulug’ mutafakkir Mir Alisher Navoiyning muborak qalamidan to’kilgan
misrani esga olaylik.
Ko’ngil maxzanining qulfi til
Va ul maxzanining kalitin so’z bil.
Navbatni Alisher Navoiy qalamiga mansub “Alisher Navoiy va Xusayn Boyqaro”
nomli sahna ko’rinishiga beramiz.
1-o’quvchi:
Momolarim alla aytgan sen bilan,
Navoiy ham ijod etgan sen bilan,
Istiqlol ham birga qaytgan sen bilan,
O’zbek tilim singib ketding qonimga
Ko’rk berasan she’rlarim-u borimga.
Endigi navbatni qizlar ijrosida raqsga beramiz.
2-o’quvchi:
Arastuda so’radilar: Odamlar bilan qanday muomalada bo’lish kerak? Arastu
javob berdi: Ularning o’zingizga qanday muomalada bo’lishini istasangiz ularga
shunday muomalada bo’ling.
Bir hakimdan so’radilar: Odamni qiynaydigan eng og’ir yuk nima?
Hakim shunday dedi: Tilga erk berilgan g’azab yuki. Chunki bu yuk odamni
o’ldiradi. Endi o’quvchilarimizning o’zi yozgan she’rlariga:
1-o’quvchi:
Shuning bilan bugungi “Til - mallatning faxridir” bayram tadbirimiz o’z
nihoyasiga yetdi.Tadbirimiz sizlarga yoqqan bo’lsa, xursandmiz.
top related